Archive for July 14th, 2011

14/07/2011

Samarqandni ko‘rishga orzumandlar ko‘p, ammo… – ozodlik.org

Samarqand, Buxoro va Xiva dunyoni tanigan G‘arb sayyohlari ko‘rishni orzu qiladigan shaharlar ro‘yxatidadir, deydi britaniyalik sayohat uyushtiruvchi.

14.07.2011

Qog‘ozbozlik, rasmiylarning ta’magirligi g‘arblik potentsial sayyohni O‘zbekistonga borishdan cho‘chitmoqda.

O‘zbekistondagi rasmiy axborot agentliklarining bildirishicha, 2010 yil ichida O‘zbekistonga 1 million 300 ming xorijiy sayyoh safar qilgan va bu raqam 2009 yilga nisbatan 6,9 foizga ko‘pdir. O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlarning 60 foizga yaqini evropaliklar, qolganlari esa Uzoq va Yaqin Sharq mintaqasi, musulmon davlatlari va MDH da yashovchilardir, deyiladi rasmiy statistikada.

14/07/2011

AQSh maxsus elchisi Toshkentda, ayollar masalasi bo’yicha gaplashmoqda – voa uzbek

14 iyul, 2011

Navbahor Imamova | Vashington

Foto Stephen Lovekin/Getty Images North America)

Melan Vervir AQShning ayollar taraqqiyoti bo’yicha global tashabbuslariga boshchilik qiladi

18-20 iyul kunlari Bishkekda xalqaro ayollar anjumani bo’lib o’tadi.

Muvaffaqiyat sari Strategiya: Markaziy Osiyo va Afg’oniston Xotin-Qizlari uchun Iqtisodiy Simpozium homiysi – Amerika Qo’shma Shtatlari. Tashabbus boshida esa maxsus elchi Melan Vervir (Melanne Verveer) turibdi.

Ayni damda Vervir xonim Toshkentga safar qilmoqda. O’zbekiston rasmiy doiralari va nohukumat tashkilotlarning vakillari bilan muloqot olib bormoqda.

14/07/2011

Fohishabozlar qolib, ular haqda xabar bergan tergaldi – ozodlik.org

14.07.2011

Sarvar Usmon

Militsionerlar islovatxonalarga homiylik qiladi, degan huquq faoli militsiyaga rasman tushuntirish berishga majbur bo‘ldi.

“Ozodlik orqali Toshkentning Sebzor dahasida fohishaxonalarning ko‘payib borayotgani, unga bevosita mirshablarning homiylik qilayotgani haqida gapirgan “Ezgulik” jamiyati huquqshunosi Gulnora Oqilova Toshkent shahar IIBBga chaqirtirildi”, deb xabar qildi “Harakat” xabar agentligi.

Muxbirimiz Sarvar Usmon Gulnora Oqilova bilan bog‘lanib, undan boshqarmaga chaqirtirilishi tafsilotlarini so‘radi.

14/07/2011

Facebook va Arosat changalzorlari haqida – uzxalqharakati.com

Jul 13th, 2011

Men har safar Facebookdagi sahifamni ochganimda mana shu satrlarim bitilayotgan oynachada bir savol turadi. U mendan shvedchalab (chunki saytim shved tilida ochiladi) “Vad gör du just nu? ya’ni “Sen hozir nima qilayapsan?” deb so‘raydi mendan. Agar hech narsa qilmay, dangasalik qilib, boshqalarning maqolalari, surat va izohlarini o‘qib o‘tirgan bo‘lsam, u avvaliga indamaydi.

Bu erdagi surat va maqolalarni ko‘rib bo‘lib, endi chiqib ketmoqchi bo‘lsam u shartta meni qo‘limdan ushlab :”Hey, sen qayoqqa qochayapsan? Somsani pulini to‘lamaysanmi?” deb qoladi :)

14/07/2011

Protected: Kapatılan Turkuaz binası paylaştırıldı – ozodlik.org

This post is password protected. To view it please enter your password below:

14/07/2011

Yopilgan Turkuaz binosi taqsimlandi- ozodlik.org

Sobiq Turkuazning 2001 yil 13 iyul kungi ko‘rinishi.

13.07.2011

Abdulla Iskandar

Toshkent markazidagi Turkuaz savdo markazi (sobiq GUM) ta’mirlanib, poytaxtlik tadbirkorlar orasida “taqsimlangan”.

Bu haqda ma’lum qilgan “Toshkent oqshomi” gazetasiga ko‘ra, savdo markazining birinchi qavati oziq-ovqat mollari uchun ajratilgan. Ikkinchi qavatda kiyim kechak, uchinchi qavatda esa elektr jihozlari sotilishi kerak, degan farmoyish berilgan.

Turkuaz savdo markazini “taqsimlash” ishlarini Toshkent shahar hokimiyati Savdo, maishiy xizmat va xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarish departamenti amalga oshirmoqda.

Toshkent shahar hokimiyati nashri bo‘lgan Toshkent oqshomi gazetasiga ko‘ra, sobiq Turkuaz binosining 4 va 5 qavatlarida hozir tikuvchilik tsexlari ish boshlagan. Bu tsexlarda 350 kishining oyiga 7000 dollarlik mahsulot ishlab chiqargani ham ayni maqolada tilga olinadi.

Bundan oldin millionlagan dollarda savdo  aylanmasi qilgan Turkuaz (“Chorsu savdo markazi”)  40 ga yaqin qonunbuzarliikda ayblanib yopib qo‘yilgan edi.

14/07/2011

Tarixga munosabat – uzxalqharakati.com

Jul 13th, 2011

Men professor Peter Sinnot bilan 2009 yil oktyabrida Bryusselda 13-may-Ittifoqi-xalkaro-konferentsiyasi paytida uchrashgandim.

Yoshi oltmishdan oshgan keksa professor o‘zbek tilida amal taqal qilib gapirar, ko‘proq ruscha aralashtirib fikrini tushuntirardi. Xullas, men o‘sha Qurultoyda u bilan uch to‘rt marta 5, 10 minutlar chamasi turli mavzuda asosan O‘zbekiston rejimi va uni o‘zgartirish masalasida suhbatlashgandim.

Shu bilan men yana u bilan 2011 yil 23 mayda Berlinda Novotel mehmonxanasida uchrashdim. Meni ko‘rgan zahoti tanigan professor kelib quchoqlashib ko‘rishdi. Va meni shahar bo‘ylab sayohatga taklif qildi. Mehmonxonadagi xonamiz tayor emasligi uchun, noiloj u bilan ketishga rozi bo‘ldim.

U menga Berlinga kelib, muzeylarini ko‘rmay ketishlik yaxshi bo‘lmasligi aytib qoldi. Men esa shaharda boshqa narsa qurib qolibdimi tomosho qilishga hayron bo‘ldim. Qanaqa muzey? deb so‘radim.

“Tarixiy muzeyga boramiz” dedi, professor.

14/07/2011

Fitnachi kim?! – yangidunyo.com

July 13, 2011

yoki, MEN TARAFKASHLIK TARAFDORIMAN

Abdulla Abduqodir o‘g‘li

(Abdujalil Boymatovning “Tolib aka qanday qilib fitnachiga aylandi?” degan mazmundagi maqolasiga munosabat)

Bilim bu ezgulikdir, deb tushunadi ba’zilar. Bunday tushunish xatodir. Bilim — bu buyuk bir imkoniyat xolos. Bilim yaxshi odamning ezgulik imkoniyatlarini qanchalik oshirsa, zolimning yovuzlik imkoniyatlarini xam shunchalik kengaytiradi. Dunyoda yaxshi odamlar ko‘proq bo‘lgani uchun, bilimning zarariga nisbatan foydasi ko‘proqdir.

Shu ma’noda yondoshilsa, demokratiya va u haqidagi bilimlar ham aqlli insonga ezgulik imkoniyatlarini; ayyor odamga esa fitnalar uyushtirish va o‘z fitnalarini “qonunlashtirish” imkoniyatlarini kengaytiradi.

14/07/2011

Mirshablar quturdi – ezgulik

July 13, 2011

Cudlar ularning jirkanch manfaatlarini qonunlashtirmoqda

O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyatiga murojaat qilgan Toshkent shahar Olmazor tumani Guruchariq ko‘chasi 11-uyda yashovchi fuqaro Nargiza Nizomova o‘g‘li Nodirxon (1989 y.da tug‘.)ning O‘zbekiston Respublikasi JKning 119-moddasi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib yoki ishlatmay g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinganini ta’kidlagan. Ish materiallariga ko‘ra, 15 yoshli A. Sh. ismli fuqaro Olmazor tumani IIBga 2001 yilning 18 mart kuni bu xususda murojaat qilgan, ariza asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tayinlangan ekspertiza xulosalari zo‘rlash holatining sodir bo‘lmagani, jinoyat izlari yo‘qligini ko‘rsatmoqda. Voqea shohidi bo‘lgan birorta guvoh ham yo‘q, jabrlanuvchi tuhmat qilganman, deya arizasini qaytarib oldi. Suddan Nodirni jazolamaslikni so‘rab, o‘zlarining vijdoni qiynalayotganini tan oldi. Lekin baribir jazo berildi…

14/07/2011

Bosh vazir ilk bor parlamentga hisobot beradi – ozodlik.org

Shavkat Mirziyoev, guvohlarga ko‘ra, faqat xorijiy mehmonlar huzuridagina tishining oqini ko‘rsatadigan rahbarlardan biri…

13.07.2011

Sadriddin Ashur

O‘zbekiston Bosh Vaziri 15 iyul kuni ilk bor Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida hisobot beradi.

O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev ilk bor parlamentga qilingan ishlar hisobotini taqdim etadi. Bosh vazir 15 iyul kuni deputatlar oldida chiqish qilib, demokratik bozor islohotlari va iqtisodiyotni yanada liberallashtirish uchun hukumat tomonidan qanday choralar ko‘rilayotgani, shuningdek, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”da davlat dasturlari qanday amalga oshirilayotgani to‘g‘risida hisobot berishi kerak.

Joriy yilning 19 aprel kuni O‘zbekistonda Konstitutsiyaning 78-moddasiga qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun kuchga kirgan edi.

Follow

Get every new post delivered to your Inbox.