Archive for July 6th, 2011

06/07/2011

Alloh yo’lida qatl etiladiganlar

06/07/2011

Andijon isyoni guvohining turmadan o‘ligi chiqdi – ozodlik.org

Abdumannon Ortiqov.

06.07.2011

Mehribon

Olti yillik qamoq jazosi tugash arafasida 34 yashar Abdumannon Ortiqovning o‘zi emas¸ tobuti uyga qaytdi.

24 iyun kuni 34 yoshli Abdumannon Ortiqovning jasadi solingan tobut Toshkentdagi mahbuslar shifoxonasi – “Sangorod”dan Andijondagi uyiga jo‘natildi.

Abdumannon Ortiqovning yaqinlari bu haqda matbuot  bilan gaplashishni xohlamayotgani uchun, ular bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmadi.

Abdumannonni yaqindan tanigan,  Andijon-Adolat va Tiklanish tashkilotining hozirda Shvetsiyada yashayotgan faoli Rustam Sobitov qurbonning oila a’zolariga tayanib, bu borada Ozodlikka quyidagilarni ma’lum qildi.

06/07/2011

Rossiyada 23 o‘zbekistonlik rasmiy Toshkent talabi bilan hibsga olingan – bbc uzbek

6 iyul 2011

Rossiyada O‘zbekiston konstitutsion tizimiga go‘yoki tahdid solgan o‘zbekistonliklarni ushlash amaliyotlari davom etmoqda.

Shu kunlarda Nijniy Novgorod shahrida 23 nafar o‘zbekistonlik rasmiy Toshkent talabi bilan hibsga olingan.

Ularning barchalari Rossiyada mehnat muhojirlari bo‘lganlari aytiladi. Rossiya hukumati tomonidan o‘zbek fuqarolarining ushlab, Toshkentga topshirilishi xalqaro hamjamiyat va xususan, Ovro‘po Inson xuquqlari mahkamasi tomonida tanqid qilingan.

06/07/2011

Yangi Harakat va ayrim arosatda qolganlar haqida – uzxalqharakati.com

Jul 6th, 2011

Bundan roppa rosa 40 kun oldin men O‘zbekistondagi mustabid tuzumga qarshi kurashish uchun muxolifatning birlashgan Yangi Harakati tuzilgani va bu harakatga nisbatan turli tuman munosabatlar paydo bo‘lgani haqida ayrim fikrlarimni yozgan edim ( http://stopdictatorkarimov.com/Kurash_va_Tanlov.htm  ). Xususan u erda quyidagi satrlar bor edi:

“Rejim vakillarining ahvoliku aniq, xo‘sh, boshqalarning ahvoli qanaqa? Bugun O‘zbekiston Xalq Harakatiga 4 xil munosabat mavjud:

06/07/2011

Xitoy va Germaniyani bog‘lovchi temir yo‘l ishga tushdi. – yangifikr.com

O‘tgan xaftaning payshanba kuni, Xitoyning Chun Sin shaxridan Evropaning Germaniyasi tomon poezd yo‘lga chikdi. Ushbu poezd, Qozog‘iston, Rossiya, Belorussiya va Pol’sha orqali, 13 kun yo‘l yurib, nemislarning Duysburg shaxriga etib keladi.

Shunday qilib, Xitoy Xalq respublikasi bilan Evropani bog‘lovchi temir yo‘l loyixasi amalga oshdi. Pekin, yangi temir yo‘l tarmog‘i yordamida, o‘zining xorijga chiqarayotgan mollari eksporti xarajatlarini qisqartirmoqchi.

06/07/2011

‘Ikki yilki Xitoy Shinjon-Uyg‘ur bo‘lgasini dunyo ko‘zidan panada tutmoqda’ – bbc uzbek

5 iyul 2011

Rustam Qobil

Bi-bi-si, London

Ikki yil oldin Urumchi ko‘chalariga namoyishga chiqqan uyg‘urlar Xitoy kuchlari o‘qiga tutilgan va shu asno zo‘ravonliklar boshlanib ketgandi.

“O‘tgan ikki yilda juda ko‘p do‘stlarim hibsga olindi. Ularga nima bo‘lganini bilmayman, o‘likmi, tirikmi – biron xabar yo‘q”.

Bir nech oy oldin Ovro‘poga kelgan bu uyg‘ur yigit Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur bo‘lgasidagi namoyishdan keyingi hayotni ana shunday tasvirlaydi.

06/07/2011

Xitoy Shinjondan ko’zini uzmaydi – voa uzbek

05 iyul, 2011

Amerika Ovozi

Foto AP

“Xitoy terrorizm va ekstremizmga nisbatan ogoh turishi va lozim topsa, chora ko’rishi kerak. Harakatlarimiz sharofati bilan bugun Shinjon osuda va shunday bo’lib qoladi”.

Xitoy hukumati aholisi asosan musulmon Shinjon muxtoriyatida huquq kunda oyoqosti qilinayotgani haqidagi xabarlarni rad etmoqda.

Xalqaro Amnistiya tashkiloti so’nggi hisobotiga ko’ra, Urumchidagi qirg’indan rosa ikki yil o’tib, bugun uyg’ur xalqi doimiy qo’rqinch va sukutda yashashga majbur.

06/07/2011

Belarus rejimi qarsaklarga dosh berolmadi – ozodlik.org

3 iyul kuni Belarus bo‘ylab o‘tkazilgan tinch namoyishlar ishtirokchilari jazolanmoqda.

06.07.2011

Belarus rasmiylari hukumatga qarshi tinch namoyishda ishtirok etgan 140 faolni qisqa muddatli qamoq jazolariga mahkum qildi. Yakshanba kuni mamlakat bo‘ylab Minsk rejimiga noroziligini qarsak chalish bilan bildirgan namoyishlar politsiya tomonidan kuch bilan tarqatilgan paytda 400 ga yaqin odam hibsga olingan edi.

Belaruslik huquq faollari aksil-hukumat namoyishlarda ishtirok etganlarning kamida 140 nafari qisqa muddatli qamoq jazolariga hukm qilinganini aytishmoqda.

06/07/2011

Yakshanba kungi namoyishlar chog‘ida Belarusda ‘yuzlab kishilar hibsga olingan’ – bbc uzbek

5 iyul 2011

Mahalliy inson huquqlari faollarining aytishlaricha, Belarusda yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan “tinch namoyishlar” chog‘ida yuzlab kishilar hibsga olinishgan.

Belarus Mustaqilligi kuni bo‘lib o‘tgan namoyishlarni tarqatish uchun militsiya ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llagan.

“Vesna” mahalliy inson huquqlarini himoya qilish markazi hisob-kitoblariga ko‘ra, birgina poytaxt Minskning o‘zida 200 ga yaqin kishi qo‘lga olingan.

06/07/2011

O‘zbekiston temir yo‘llari: AQSh harbiylari uchun halokat muqarrarmi? – ozodlik.org

O‘zbek temir yo‘llarining abgor ahvolini ko‘rgach, men poezdga chiqishga ham qo‘rqdim, deb yozadi amerikalik muhandis Vashingtonga yo‘llagan notasida.

05.07.2011

O‘zbekiston temir yo‘llarining texnik ahvoli Amerika muhandislari va rasmiylarini jiddiy tashvishga solmoqda.

Afg‘onistondagi AQSh va NATO harbiylari ta’minoti uchun qariyb hayot-mamot yo‘liga aylanib qolgan Shimoliy ta’minot tarmog‘ining O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi  qismi Vashington rasmiylari uchun qo‘rquv manbaiga aylanib bormoqda.

Follow

Get every new post delivered to your Inbox.