31/05/2011
May 31st, 2011
Qurultoy tadbiridan masofada bo‘lganlar bu qurultoy uchun katta grant olindi degan iddaoni parvarishlashdi. Birov eb ular quruq qolgandek suq hasadlar bilan alahsirashdi.. Bunday alahsirashlar ortida turganlardan birining xar hil laqablar ostiga yashiringan Xusnidin ekanini bilamiz. Unga aytadiganimiz shu grant olamizmi, yo olmaymizmi bu sani ishing emas.
Xolbuki mexmonlarning uchoq chiptalaridan tortib Berlindagi mehmonhona harajatlarigacha tashkilotchilar tarafidan qoplandi.
Bu o‘zbeklarning peshana teri evaziga tashkil qilingan ilk katta anjuman bo‘ldi.
read more »
Posted in O'XH, O'ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz) |
Leave a Comment »
31/05/2011
Aytishlaricha, prezidentdan pastroqdagi amaldorlar o‘zidan patroqlarini kaltaklashni “kotta”dan o‘rganishngan.
31.05.2011
Sarvar Usmon
“O‘tgan dam olish kunlari O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoev amaliy safar bilan Xorazm viloyatida bo‘ldi. Manbalarimizning aytishicha, bosh vazir mintaqadagi ishlar ahvolidan noroziligini o‘zi uchun an’anaga aylanib qolgan usul bilan bildirib, Urganch shahar hokimi Ilhom Yoqubovning basharasiga tushirdi”. Uzmetronom saytida chiqqan ikki enli xabarning bir enli qismini aynan keltirdik.
read more »
Posted in O'XH, O'ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz) |
Leave a Comment »
31/05/2011
May 30, 2011
Aziz va muhtaram onaxon va otaxonlar, aka ukalar, opa singillaru qo‘ni qo‘shni, yoru birodarlar! Sizning haq huquqlaringiz, qadr qimmatingiz toptalayotgani hamda mol mulkingiz doimiy bezovtachilik holatiga olib kelinayotgani dunyoga oshkor bo‘ldi va bo‘lib bormoqda.
Mavjud rejim O‘zbekistondagi xalq rivojlanishi uchun xizmat qiladigan qonunlarni bir chetga surib, unga amal qilish o‘rniga o‘zining xar hil xiylalari bilan elni aldab kelmoqda.
read more »
Posted in O'XH, O'ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz) |
Leave a Comment »
31/05/2011
31.05.2011
Bugun Toshkentdagi Amerika elchixonasida AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisining o‘rinbosari Syuzan Elliot boshchiligidagi delegatsiya bir guruh o‘zbekistonlik huquq himoyachilari bilan uchrashdi.
read more »
Posted in O'ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz) |
Leave a Comment »
31/05/2011
May 31, 2011
Shuhrat AHMADJONOV
Foto. Buyuk shoir Yusuf Juma. Uning yonida Jahongir Muhammad. Kentaki xalqaro aeroporti (AQSh). 2011 yil, 20 may. [1]
Mundarija.
Kirish so‘zi.
1. She’riyatga munosabatim.
2. Yusuf Juma: Suvaraklar falsafasi.
read more »
Posted in O'ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz) |
Leave a Comment »
30/05/2011
Birlik Xalq harakatiga 1989 yilda bir guruh o‘zbek zililar asos solgan edi.
30.05.2011
Barno Anvar
Birlik Xalq harakati partiyasining 22 yilligi munosabati bilan 28 may kuni Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirga ruxsat berilmadi.
Bundan tashqari, shu kuni partiya faollarining ayrimlari uyidan chiqarilmadi, ayrimlari esa qisqa muddatga hibsga olindi.
read more »
Posted in O'ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz) |
Leave a Comment »
30/05/2011
Yakshanba, 29 – May 2011
Xabaringiz bor Andijon qirg‘inidan keyin vatanni tark etishga majbur bo‘lgan o‘zbekistonliklar tashabbusi bilan tashkil etilgan “13 may Ittifoqi” platformasida dunyoga kelgani aytilayotgan O‘zbekiston Xalq Harakati 23-24 may kunlari Germaniyada o‘zining ilk ta’sis Qurultoyini o‘tkazdi. Ko‘pchilik OAV tomonidan o‘zbek muxolifatining xorijdagi ilk yirik tadbiri deb atalgan mazkur yig‘inda O‘XH keng xalq ommasining protest potentsialini tuzumga qarshi tinch shakldagi bo‘ysunmaslik aktsiyalariga yo‘naltirish, tuzum rahbari va uning hukumatini tinch yo‘llar bilan iste’foga chiqarishga erishish, hokimiyat tizimlariga erkin va adolatli saylovlar o‘tkazish jarayonini tayyorlash va uni amalga oshirish, barcha siyosiy mahbuslarning ozod etilishi va to‘liq oqlanishi, muxolifat rahbarlarining mamlakatga qaytishlariga erishishni o‘zining asosiy vazifalari deb belgilab oldi.
read more »
Posted in O'XH, O'ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz) |
Leave a Comment »
30/05/2011
Yusuf Juma
O‘zbekning buyuk shoiri Yusuf Jumaning 23 may kuni “Ozodlik”, radiosiga bergan suhbatining matni
Muxbir: Endi avvalo suhbatimizni shu sizning hozirgi ahvolingizdan, ya’ni qamoqda bo‘lgan paytingizda, shu, juda ko‘p havotirlar bo‘ldi, juda ko‘p narsalar aytildi, shu Yusuf Jumaning ahvoli, sog‘ligi yomonlashdi degan xavotirlar bor edi, hozir mana eson-omon AQShga etvolgan ekansiz, hozir o‘zingizni qanday xis qilyapsiz, shundan boshlaylik.
Yu.Juma: Albatta, boshimdan ko‘p nimalar o‘tdi, beshafqat qiynoqlar o‘tdi. Bir necha marta o‘lim bilan yuzma-yuz bo‘ldim. Bir sekund ham menga nisbatan qiynoq to‘xtatilgani yo‘q.
read more »
Posted in O'ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz) |
Leave a Comment »
30/05/2011
Özbekistan televizyonu, Özbekistan’da faaliyet gösteren Türk şirketleriyle ilgili program yayımladı.
Özbekistan devlet televizyonun birinci kanalından yayımlanan yaklaşık sekiz dakikalık değerlendirme içerikli bültende, Özbekistan’da faaliyet gösteren değişik Türk şirketlerinin çalışmalarına yer verildi. Devlet televizyonu, burada faaliyet gösteren Türk şirketlerinin yatırımlarını ‘iki ülke arasındaki ezeli dostluğun ifadesi’ olarak gösterdi.
‘Ezeli dostluğun ifadesi’ ismiyle yayına konulan programda, Özbekistan’ın bağımsızlıktan sonra işbirliği kurduğu 120 ülkeden birinin de Türkiye olduğu ve Türkiye ile olan işbirliğinin istikrarlı şekilde geliştiği dile getirildi.
read more »
Posted in TURKCHA-ТУРКЧА (Tr) |
Leave a Comment »
30/05/2011
Mustaqil kuzatuvchilar, arab isyonidan so‘ng Toshkent hukumati ham internetga o‘ch talaba-yoshlardan hadiksirab qolganini aytishmoqda.
30.05.2011
Toshkentdagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridagi imtihon va diplom himoyalari muddatidan bir oy avval yakunlanmoqda.
O‘zbekiston oliygohlarida davlat imtihonlari odatda iyun oyida boshlanib, diplom himoyalari iyul o‘rtalariga qadar davom etar edi.
Ammo bu yil sovetlardan qolgan bu an’anaviy jadvalga tahrir kiritildi – Toshkentdagi talabalardan davlat imtihonlari va diplom himoyalarini iyunga qadar tugatib, viloyatdan kelganlardan 10 iyunga qadar poytaxtdan chiqib ketish so‘ralmoqda.
read more »
Posted in O'XH, O'ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz) |
Leave a Comment »