O‘zbekiston: Toshkentda navbatdagi turk savdo markazi “Turkuaz” supermarketi yopildi – ferghana.ru


04.03.2011

Farg‘ona

BBC radiosining o‘zbek tili xizmati hamda Uznews.net veb-sayti xabar berishicha, 2011 yilning 2 mart kuni O‘zbekiston poytaxtida so‘nggi yarim yil davomida navbatdagi eng yirik turk savdo markazi – “Turkuaz” supermarketi yopildi.

Toshkentdagi eng yirik supermarketning kimning buyrug‘i bilan yopilgani aniq emas. Shuningdek, savdo markazining yashin tezligida yo‘q qilinishi sabablari ham noma’lum.

Yopilishdan bir kun avval supermarketning to‘rt qavatli binosini bu erga bir necha avtobuslarda etib kelgan militsionerlar qurshab oldilar, savdo to‘xtatib qo‘yildi, supermarketning yuzlab xodimlari kun bo‘yi bino ichida qoldilar. Ko‘rinishidan, ular bilan qandaydir tergov harakatlari olib borilganga o‘xshaydi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari 3 mart kuni savdo markaziga uch yuzga yaqin mardikor olib kelib, bino ichidan barcha tovarlarni chiqarib tashladilar. “Chorsu” bozori tijoratchilaridan biriga ko‘ra, “Turkuaz” xodimlariga “bundan keyin ishga chiqmaslik” to‘g‘risida buyruq berildi.

Sho‘rolar davrida GUM joylashgan bu binoni ayni paytda ko‘p sonlik militsiya xodimlari qo‘riqlayaptilar. “Supermarket nega yopildi?” degan savolga serjant qisqa qilib: “Magazin endi yo‘q bo‘ldi”, deya javob berayapti.

“Turkuaz” ofisidagi telefonlarni hech kim ko‘tarmayapti, O‘zbekiston bosh prokuraturasi matbuot xizmatida esa Uznews.net muxbiriga “hozircha hech narsa ayta olmaymiz” deb javob berishdi.

“Turkuaz” supermarketining veb-sayti hech narsa bo‘lmagandek ishlayapti.

Eslatib o‘tamiz, 2010 yil oxirida Toshkentdagi turklarga qarashli “Demir” supermarketi ham ishdagi ko‘plab kamchiliklari uchun yopilgan edi.

“Farg‘ona” xalqaro axborot agentligi

http://uzbek.fergananews.com/news.php?id=8429&mode=snews

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Connecting to %s

Follow

Get every new post delivered to your Inbox.