Siyosat o‘z nomi bilan “siyo” -”sat”- qora qudrat.
Kecha va bugun Turkiyada Bosh vazir Rajab Tayib Erdo‘g‘anning Iroqqa safarini muhokama qilishmoqda.
Erdo‘g‘an Nasafga borib Oyatillo Said Ali Sustani bilan sunniy va shialar orasidagi dushmanlikka chek qo‘yishni muhokama etibdi. Keyin ilk sunniy-lider sifatida Hazrat Ali maqbarasini ziyorat qilibdi.
Turkiyada yigirma million atrofida alaviylar bor va ular asosan uning partiyasiga emas, jumhuriyatchilarga ovoz beradilar.
Keyin Erdo‘g‘an Erbilga borib, kurdlarning lideri Barzoniy bilan uchrashibdi va bu qaysi bir ma’noda Kurdistonni tan olish deyishmoqda. Turkiyada kurdlar deyarli hukmron sinf.






